IELTS ZONE KIDS Ro‘yxatdan o‘tish

IELTS ZONE KIDS • 5–8-sinf o‘quvchilari uchun

100 ta grant“CHAMPION” olimpiadasi

Eng yuqori ball to‘plagan 100 nafar o‘quvchi IELTS ZONE KIDS’da 3 oy bepul o‘qish imkoniyatini qo‘lga kiritadi. Umumiy qiymati — 210 000 000 so‘m.

  • 📅
    13-dekabr, yakshanbasoat 11:00
  • 📍
    Integro va Amir Temurfiliallarida
  • 🎒
    5–8-sinf10–13 yosh

Ro‘yxatdan o‘tish Telegram bot orqali: @champion_olimpiadasi_bot

100 ta grant — IELTS ZONE champion olimpiadasi

Olimpiada haqida

Oddiy ingliz tili olimpiadasi emas

IELTS ZONE Champion olimpiadasi — farzandingizning faqat ingliz tili darajasini emas, balki til o‘rganish salohiyati, fikrlash uslubi va qiziqishlarini ham kashf etadigan ko‘p komponentli baholash tadbiri. Har bir ishtirokchi o‘zining kuchli tomonlari va rivojlantirishi mumkin bo‘lgan jihatlari haqida yoshiga mos individual hisobot oladi.

100

Grant soni

100 nafar o‘quvchiga 3 oy bepul o‘qish

5–8

Sinf

5–8-sinf o‘quvchilari

✓

Daraja

Til darajasi bo‘yicha cheklov yo‘q

Olimpiada orqali farzandingiz:

  • ingliz tili bo‘yicha bilim darajasini sinab ko‘radi;
  • yangi til qoidalarini qanchalik tez ilg‘ashini tekshiradi;
  • mantiqiy va ijodiy topshiriqlarni bajaradi;
  • o‘z qiziqishlari haqida yoshiga mos individual hisobot oladi;
  • 100 ta ta’lim grantidan biri uchun bellashadi.

Muhim sanalar

Yodda tuting

  1. 13-dekabr, yakshanba, soat 11:00Olimpiada imtihoni — Integro va Amir Temur filiallarida
  2. 4-yanvar, dushanbaGrant asosidagi 1-dars

⏰ Iltimos, olimpiada kuni boshlanishidan 30 daqiqa oldin yetib keling.

Imtihon formati

Baholashning 4 ta yo‘nalishi

1

English proficiency

Hozirgi ingliz tili darajasi: Listening, Reading, Grammar & Vocabulary.

2

Language aptitude

Til o‘rganish salohiyati: yangi til qoidalarini ilg‘ash, naqsh va grammatik qonuniyatlarni topish.

3

Cognitive skills

Mantiqiy ketma-ketlik, ishchi xotira, vizual naqshlarni aniqlash, muammoga bir nechta yechim topish.

4

Career interests

RIASEC modeli asosida qiziqishlar. Natija kasbni belgilab bermaydi — qiziqishlarni muhokama qilishga yordam beradi.

Olimpiada kuni

Namunaviy dastur

  • Welcome & registration15 daq.
  • English challenge15 daq.
  • Language discovery15 daq.
  • Logic & creative thinking15 daq.
  • Career interest15 daq.
  • Closing remarks15 daq.

Umumiy davomiylik taxminan 90 daqiqa. Tanaffuslar va guruhlarni xonalarga taqsimlashga qarab vaqt uzayishi mumkin.

Sovrinlar

100 ta grant + maxsus sovg‘alar

Eng yuqori ball to‘plagan 100 nafar o‘quvchi IELTS ZONE KIDS’da 3 oy bepul o‘qiydi. Umumiy sovrin jamg‘armasi — 210 000 000 so‘m. 3 oydan so‘ng 100 nafar grant sohibi orasida imtihon o‘tkaziladi va eng yaxshi 3 nafar o‘quvchini maxsus sovg‘alar kutadi:

🥇

1-o‘rin

3 oy bepul ta’lim + barcha IELTS ZONE imtiyozlari (qo‘shimcha akademik yordam, o‘quv qo‘llanmalar va boshqa afzalliklar) + g‘olibning ota-onasiga bepul Umra safari

🥈

2-o‘rin

IELTS imtihoniga qadar bepul ta’lim imkoniyati

🥉

3-o‘rin

Qo‘shimcha 3 oy bepul ta’lim imkoniyati

Barcha g‘oliblar IELTS ZONE’ning to‘liq akademik qo‘llab-quvvatlash tizimidan foydalanadi.

Imtihon jarayoni

Adolatli va shaffof

👁 Nazorat

Imtihon to‘liq IELTS ZONE hududida o‘tkaziladi va maxsus test jamoasi tomonidan nazorat qilinadi.

🔒 Maxfiylik

Savollar IELTS ZONE’ning yetakchi mutaxassislari tomonidan maxfiy tarzda tayyorlanadi.

✅ Tasdiqlash

Natijalar IELTS ZONE asoschisi Bekzod Mirahmedov tomonidan shaxsan tasdiqlanadi va rasmiy ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilinadi.

📊 Hisobot

Olimpiada yakunida maktab ma’muriyatiga ochiq hisobot taqdim etiladi.

IELTS ZONE haqida

10 yildan ortiq tajriba

IELTS ZONE — O‘zbekistonda IELTS imtihonidan ilk bor 9.0 ballni qo‘lga kiritgan Bekzod Mirahmedov tomonidan asos solingan ta’lim markazi. 2015-yildan buyon faoliyat yuritib keladi.

  • General English ustozlari: IELTS 8.0–8.5
  • IELTS instruktorlari: IELTS 8.5–9.0
  • Academic Support: IELTS 7.5+
  • Cambridge University tasdiqlagan darsliklar
  • Guruhlarda o‘rtacha 15 nafar o‘quvchi
IELTS ZONE 5–8-sinf o‘quvchilari uchun 100 ta grant ajratadi

Filiallar

Olimpiada Integro va Amir Temur filiallarida

Filialni botda ro‘yxatdan o‘tish paytida tanlaysiz.

IELTS ZONE Xalqlar Do‘stligi filiali
Bu filialda olimpiada o‘tkazilmaydi

IELTS ZONE Xalqlar Do‘stligi

📌 Furqat ko‘chasi 15A
🚇 Mo‘ljal: Xalqlar Do‘stligi metro bekati

📞 +998 97 979 01 99

📍 Xaritada ochish

Savollar

Ko‘p beriladigan savollar

Kimlar qatnasha oladi?

5–8-sinf o‘quvchilari (10–13 yosh). Til darajasi bo‘yicha cheklov yo‘q.

Qanday ro‘yxatdan o‘tiladi?

Telegram bot orqali: @champion_olimpiadasi_bot. Bot o‘quvchining ismi, telefon raqamlari, sinfi, maktabi, filial va ingliz tili darajasini so‘raydi. Bir nechta farzandni ham ro‘yxatdan o‘tkazish mumkin.

Olimpiada qachon va qayerda bo‘ladi?

13-dekabr (yakshanba), soat 11:00 da, IELTS ZONE Integro yoki Amir Temur filialida — ro‘yxatdan o‘tishda o‘zingiz tanlaysiz. Boshlanishidan 30 daqiqa oldin yetib keling.

Olimpiada qancha davom etadi?

Namunaviy dastur bo‘yicha taxminan 90 daqiqa. Tanaffuslar va guruhlarni xonalarga taqsimlashga qarab vaqt uzayishi mumkin.

Grant nimani beradi?

Eng yuqori ball to‘plagan 100 nafar o‘quvchi IELTS ZONE KIDS’da 3 oy bepul o‘qiydi. Grant asosidagi 1-dars — 4-yanvar, dushanba.

Natijalar qanday e’lon qilinadi?

Natijalar IELTS ZONE asoschisi Bekzod Mirahmedov tomonidan tasdiqlanadi va rasmiy ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilinadi. Yangiliklarni @zone_kids kanalida kuzatib boring.

Eslatma olamanmi?

Ha, olimpiadadan bir kun oldin ro‘yxatdan o‘tishda ko‘rsatilgan telefon raqamiga eslatma yuboriladi.

Farzandingiz — keyingi champion! 🏆

Ro‘yxatdan o‘tish Telegram bot orqali — bir nechta savolga javob bering.

📝 Ro‘yxatdan o‘tish
📝 Ro‘yxatdan o‘tish — 100 ta grant